“Harbiy qismda bir kun”

Date:

Harbiy qismda bir kunini o‘tkazgan yosh borki, harbiylikka bo‘lgan ishtiyoq va havas olovi qayta alangalanadi. Harbiylardek hayot kechirishni, egniga harbiylik libosini kiyib, vatan xizmatiga otlanishni sharaf deb biladi. Yurtimizga ana shday mard va jasur, vatanparvar insonlar kerak. TerDU talabalarida vatanparvarlik, milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida viloyatimiz markazidagi harbiy qismlarning birida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.
Jarayonda talaba-yoshlar harbiylarning kun tartibi bilan yaqindan tanishib, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarning texnik va taktik imkoniyatlari xususida keng tushunchalarga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqat tashkil etildi. Unda talabalar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun