Qurilish ishlari o‘rganildi

Date:

Viloyat prokurorining o‘rinbosari X.Kulliyev boshchiligida tuman prokuraturasi hamda departament bo‘limi mutasaddilari bilan birgalikda Termiz tumanida ijtimoiy soha obyektlari qurilishi bilan tanishib, loyihalarning qurilish normalari asosida borishini o‘rgandi.
Jumladan, davlatimiz rahbarining “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Futbol akademiyasi, tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, hamda “Yangiobod” mahallasida oliy ta’lim muassasasining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi qurilish ishlari bilan tanishildi.
Shuningdek, soha mutasaddilari, buyurtmachi, pudratchi va boshqa mas’ullarga ishlarni o‘z vaqtida yakunlash, qurilish normalari hamda sifatiga qat’iy rioya qilish topshirildi. Bundan tashqari qurilish jarayonlari ustidan doimiy nazorat olib borish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun