Ko‘p tilli muqobil guruhlar faoliyati tahlil qilindi

Date:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, YUNICEF va Yevropa ittifoqi hamkorligidagi “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan guruhlarning erishgan natijalari va amaliy ishlar bilan tanishish maqsadida bugun BMT, UNICEF va Yevropa ittifoqining bir guruh vakillari Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurishdi.
Dastlab manzilda taqdimot o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda bir guruh mas’ullar so‘zga chiqib, viloyatda ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta’lim guruhlarini tashkil etish tajribasi yuzasidan so‘z yuritishdi.
Shundan so‘ng, manzildagi ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan guruhlar faoliyati bilan tanishildi. Bolalar va ularning ota-onalari bilan bo‘lgan suhbat davomida mazkur guruhlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun