Sharoitlar o‘rganildi…

Date:

Erta tongdan ilg‘or mehnatkashlar paxta terimiga shijoat bilan bel bog‘lagan. Paxta terimining o‘zgacha gashti bor, ayniqsa, daladagi oppoq paxtani ko‘rib, dilingiz yayraydi. Terimga kirishib, qanoringiz qanday tez to‘lganligini ham sezmay qolasiz.Hozirda har bir tumanlarda terimchilar uchun paxta dalalarida yaratilgan shart-sharoitlari o‘rganilib, holidan xabar olinmoqda. Ularning mehnat haqlari o‘z vaqtida to‘lanishi ham ta’minlanayotir. Jumladan, Muzrabot tumani hokimi Abdurashid Ismailov tumanning 1-sektor “Qo‘ng‘irot Jayhun” hududidagi “O‘ngboyev Asad” fermer xo‘jaligining 18,4 gektarli paxta dalasida bo‘lib, terimchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, terimchilar uchun dalalarda yaratilgan sharoitlarni nazorat qildi. Ilg‘or terimchilarga tuman hokimining sovg‘alari topshirildi. Bunday e’tibordan mehnatsevar ilg‘or terimchilarning quvonchi yuz-ko‘zidan ko‘rinib turardi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun