“Men ham harbiy bo‘laman”

Date:

Farzandlarimiz yoshligidan yo uchuvchilikni, yo harbiy bo‘lishni istaydi. Tank yoki samolyot o‘yinchog‘ini qo‘lidan qo‘ymay o‘ynab yursa, bu orzu ulg‘aygani sari maqsadga aylanadi. Albatta, general bo‘lishni o‘ylamagan askar, askar emas deganlaridek, harbiylikni orzulamagan bola bo‘lmasa kerak.Harbiylarning hayot tarzi qat’iy tartib-intizom, reja asosida bo‘lsa-da, bu yoshlarni sira cho‘chitmaydi. Qaytamga Vatanga xizmat qilishni o‘zlariga sharaf deb bilishadi. Bunday qiziqishni yozsangiz, bir kitobda jam bo‘lgulik, ayniqsa, taqdirini shu sohaga baxshida etganlarning hayot yo‘li, sharafli kasbi bitilgan kitoblarni qiziqish ila mutolaa qilishimiz aniq.Jarqo‘rg‘on tumanidagi N-sonli harbiy qismda “Men ham harbiy bo‘laman” deb nomlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ta’lim muassasalari bilan ishlash va vatanparvarlik bo‘lim boshlig‘i To‘xtasin Arslonov, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Begzod Abdirimov, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayevalar so‘zga chiqib, harbiylarga kitobning qanchalik qiziqarli va dolzarb ekanligini so‘zlab berishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun