O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar boshlandi

Date:

Sariosiyo tumanida uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar hududiy trenerlar tomonidan tuman markazidagi saylov uchastkalari uchun mo‘ljallangan binolarda interaktiv usullarda — ma’ruza, simulyatsiya, saylov jarayonlarini modellashtirish, video-dars, videorolik, saylovga oid savol-javoblar, test shaklida o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulotlarda aralash saylov tizimi, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash kabi mavzular qamrab olingan.
Mashg‘ulotlarda tuman bo‘yicha mavjud 74 ta saylov uchastkasining jami 222 nafar saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlar o‘qitiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun