Faol yoshlar yetakchilari e’tirof etildi

Date:

Yoshlar yetakchilarining ishi mahallalarrda bekorchi, ishsiz, jinoyatchilikka moyil yoshlar bo‘lmasa seziladi. To‘g‘ri-da, yetakchi mahalladagi yoshlarni bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka boshlashi, sportga, tadbirkorlikka, san’at-u ijodga oshno eta olishi, o‘ziga ergashtirishi lozim. O‘tgan vaqt mobaynida esa yetakchilar bu ishlarning uddasidan chiqa oldilar. Chiqa olmaganlar esa o‘z o‘rnini faol, tashabbuskor yetakchilarga bo‘shatib berdi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahallalarda ish olib borayotgan yoshlar yetakchilarining 2024-yil II chorak davomidagi faoliyati tahlil qilindi. Va mamlakatimizdagi TOP-100 yoshlar yetakchilari reytingi e’lon qilindi. Quvonarlisi, ana shu yoshlar yetakchilari reytingida surxondaryolik 7 nafar yoshlar yetakchilari ham bor.
Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i A.Xurramov tomonidan ushbu reytingga kiritilgan yoshlar yetakchilari va ularning ota-onalariga minnatdorchilik xatlari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...
KunTun
KunTun