G‘olib repsublika bosqichiga yo‘l oladi

Date:

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida nafaqat yoshlar balki yurtimizning yosh-u keksasi sportga jalb etilayotir. Ertalabgi badantarbiya bilan kifoyalanmay, sport musobaqalarining muntazam o‘tkazilishi ham sog‘lik, ham rag‘bat namunasidir. Ayni jihatlarni inobatga olgan holda sportning stol tennisi turi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi kubogi musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahridagi Surxon sport majmuasida bo‘lib o‘tgan musobaqada ishtirokchilar bor mahoratlarini ishga soldilar. O‘yin qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tdi. Sariosiyo tuman sport maktabi shug‘ullanuvchisi Baxtiyor Safarov musobaqada ishtirok etib, o‘z raqiblari ustidan munosib g‘alaba qozongan holda musobaqaning mutloq g‘olibligini qo‘lga kiritib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Musobaqada g‘olib bo‘lgan yoshlar Surxondaryo viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘ining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun