Baxshtepaliklarning loyihasi g‘olib

Date:

Bugungi kunda “Tashabbusli byudjet” loyihasi fuqarolar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochayotgani bilan ahamiyatli. Har bir hudud, tashkilot va idora, o‘quv muassasalari o‘z loyihasi bilan ishtirok etadi va amalga oshira olmayotgan loyihalarini munosib qo‘llab-quvvatlanishiga erishadi. Buning uchun yetarli ovoz to‘play olsa, kifoya.
“Tashabbusli byudjet” portaliga ichki yo‘llarni asfaltlash loyihasini kiritgan Sho‘rchi tumanidagi “Baxshtepa” mahallasi ahli loyiha yakunida yetarli miqdorda ovoz to‘plashdi. Yog‘ingarchilik kunlarda loy, issiq kunlarda chang bo‘ladigan A.Eshbo‘tayev, T.Jo‘rayev ko‘chalariga asfalt yotqizildi.
— Uzoq yillardan beri aholimizni qiynab kelayotgan bu yo‘llarga asfalt yotqizilgani barchani birdek quvontirmoqda, — deydi mahalla raisi Sherzod Yusupov. — O‘z navbatida “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lib, muammolarimizni ijobiy hal etilishida tashabbuskor fuqarolarimiz ham harakat qilishdi.
Albatta, Baxshtepa mahallasidagi 25 ichki ko‘chaning 22 ichki ko‘chalariga asfalt yotqizilgani mahalla ahlining o‘zaro hamjihatligidan dalolat.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun