Maymunchechak: O‘zbekiston kerakli choralarni ko‘rmoqda

Date:

Maymunchechak degan so‘zning o‘ziyoq odamlar orasida vahima va qo‘rquv uyg‘otmoqda. Koronavirus kelmaydi deganlar adashishganidek, maymunchechak yurtimizda tarqalmaydi deish ham xato tushuncha. Shu sababdan O‘zbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu kasallikning yangi shtammi asosan O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘liq bo‘lmagan Afrika mamlakatlarida tarqalmoqda. Ammo shunga qaramay, aeroportlarda ushbu kasallikning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.Jumladan, fuqaro aviatsiyasi obektlarining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan birgalikda aeroportlar tibbiyot xodimlari uchun maymunchechak kasalligining etiologiyasi, klinik ko‘rinishi, epidemiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olishga qaratilgan sanitariya-targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan.Xususan, aeroport xodimlariga ushbu kasallik haqida soddalashtirilgan shaklda ma’lumot beriladi va ba’zi alomatlar vizual tarzda qanday namoyon bo‘lishi tushuntiriladi. Bundan tashqari, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda havo harorati yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar o‘rnatiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun