O‘quv-amaliy mashg‘ulotlar boshlandi

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovini o‘tkazish maqsadida saylovoldi tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Saylovni risoladagidek, adolatli va shoffof tarzda o‘tkazish maqsadida biriktirilgan mas’ullardan ham yetarlicha bilim va malakaga ega bo‘lishlari talab etiladi. Shu maqsadda Termiz shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovini o‘tkazuvchi tuman (shahar) hamda okrug saylov komissiyalari a’zolarini o‘qituvchi hududiy trenerlar uchun saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Uch kun davom etadigan mashg‘ulotlar davomida hududiy trenerlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, bu yilgi saylov jarayonlaridagi yangilik va o‘zgarishlarni ularga tushuntirish ko‘zda tutilgan. O‘quv-seminarda Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ma’ruzalar o‘qishmoqda, saylov qonunchiligidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar, xalqaro tajriba va milliy amaliyot, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari haqida so‘z yuritilmoqda.
Shuningdek, uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati, ovozlarni sanab chiqish va bayonnomalarni to‘ldirish kabi jarayonlar amaliy mashg‘ulotlar orqali tushuntirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun