Eng yaxshi targ‘ibotchilar aniqlandi

Date:

Qay sohada faoliyat yuritmaylik, ma’naviyatimiz yuqori, salohiyatli bo‘lmog‘imiz lozim. Buning uchun o‘qib o‘rganishdan, o‘z ustimizda ishlashdan, tajribamizni oshirishdan to‘xtamasligimiz kerak. Qolaversa, har bir tashkilot va idorada bu ishlarda bosh bo‘lguvchi, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirguvchi targ‘ibotchilar ham borki, ularning xizmati e’tibor va e’tirofga loyiq. Ana shunday targ‘ibotchilarning mehnatiga munosib baho berish maqsadida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda ishtirokchilar to‘rtta shart — jismoniy va jangovor tayyorgarlik darajasi, amalga oshirilgan ishlari, test savollari va og‘zaki suhbat asosida o‘zaro bellashishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Saydullo Nazirov uchinchi, Angor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik O‘ktam Shukurov ikkinchi o‘ringa loyiq deb topilgan bo‘lsa, boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Mansur Saidov faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G‘oliblar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun