TISU Hindiston bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

Date:

Viloyatimizda yagona nodavlat oliygoh sanalmish Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalarni bilim-salohiyatli, tanlagan sohasining yetuk kadri bo‘lib yetishishi uchun xalqaro ta’lim standartlaridan kelib chiqqan holda bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Turli loyihalarni amalga oshirish bilan birga xalqaro hamkorlikka ham keng e’tibor qaratgan.
Xususan, Retroka Education Pvt. Ltd bilan tuzilgan shartnoma doirasida universitet vakillarining Hindiston taʼlim markazlari va abituriyentlar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Dehli, Haydarobod va Chennay shaharlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida hindistonlik hamkorlarga universitetimizda xorijlik talabalar uchun o‘qish tartibi va yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi.
Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, talabalarni Hindiston oliy taʼlim muassasalari va tibbiyot markazlarida malaka oshirish masalalari ham muhokama qilinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun