Bolani ona suti bilan oziqlantiring

Date:

Ona suti foydali vitamin va mikroelementlarga boy. Endigina dunyoga kelgan go‘dak ona suti bilan oziqlanishi zarurat. Afsuski, ba’zi onalar qo‘shimcha ovqatlar berib, jajji organizmni qiynab qo‘yadi. Bola olti oydan oshmaguncha hech qanday ozuqa bermaslik, faqat va faqat ona suti bilan ovqatlantirish lozim.
Dunyo bo‘ylab Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi munosabati bilan e’lon qilingan YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qo‘shma hisobotida so‘nggi 12 yil ichida bu borada ijobiy o‘sish tendensiyasi kuzatilayotir. Xususan, ana shu davrda sayyoramiz bo‘yicha ona suti bilan oziqlanadigan olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar soni 10 foizga ko‘paygani qayd etilgan.
Haftalik doirasida O‘zbekistonda ham ko‘plab tadbirlar, targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Termiz tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari, ona va bola salomatligini asrashdagi o‘rni haqida keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, tibbiyot maskanlarida ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari haqida ma’lumot beruvchi bannerlar ilinib, fuqarolarga bukletlar tarqatilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun