Toshbaqaga nos chektirganlar jarimaga tortildi

Date:

Bugun marrani yuqori olib, til o‘rganishga, ilm-fanda yangiliklar qilishga, tanlagan sohamizda yuqori natijalarga erishayotgan paytimizda kimlardir bezorilik qilayotgani, tabiatga, ekologiyaga zarar keltirayotgani, jonivorlarga ozor berayotgani ayanchli. Xuddi shunday ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasiga majburiy ravishda nos chektirishgani bo‘yicha tarqalgan videolavha ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. E’lon qilingan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishda odamiylikka to‘g‘ri kelmaydigan mazkur holatni Denov tumani «Yangi kuch» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar H.N va M.Nlar joriy yilning aprel oylari boshlarida sodir etgani aniqlandi. Fuqarolar bilan o‘zaro bo‘lgan suhbatda fuqaro H. N ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasini yuritish uchun mahallasidagi dashtlikdan toshbaqani ushlab, nos chektirganini ta’kidladi.
Holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan ikki nafar fuqaroning har biriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan BHMning 3 barobari – 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun