Huquqbuzarlikka chek qo‘yildi

Date:

Hamma ham tezda boyishni, maishiy qiyinchiliklarsiz umrguzaronlik qilishni istaydi. Buning uchun albatta, avvalo o‘qish, kasb-hunar o‘rganish, keyin esa sidqidildan mehnat qilish talab etiladi. halol mehnat bilan jamiyatda o‘z o‘rningizni topishingizga, obro‘-e’tibor qozonishingiz nima yetsin. Ammo hamma ham shunday o‘ylarmikan. Ba’zilar xuddi Amerikani kashf etgandek, qandaydir manfur rejalar tuzib, oson yo‘l bilan boyib ketishni, foyda ko‘rishni o‘ylaydi.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, DXX chegara qo‘shinlari hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tezkor tadbirlari davomida Sherobod tumanining “Chorbog‘” mahallasidagi tog‘li hududlarda oson yo‘l bilan foyda olishni istagan holda kovrak urug‘ini noqonuniy terib olgan dastlab ikki nafar fuqaro Q.A. hamda E. B. 58 kilogramm kovrak urug‘i bilan, keyingi bosqichda Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqarolar E.O‘. va H.T. “Go‘rdara” massividan 146 kilogramm kovrak urug‘lari bilan qo‘lga tushib, huquqbuzarlik holati aniqlangan.
Hozirda mazkur huquqbuzarlik holati bo‘yicha dastlabki dalolatnomalar rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun