Muzrabotda yo‘llar ta’mirlanmoqda…

Date:

Har doim yo‘l yurar ekanmiz, yo‘limiz behatar bo‘lsin, deya duoga qo‘l ochamiz, bunda yo‘lning tekisligi yoki o‘nqir-cho‘nqirligi muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotimiz davomida sodir bo‘layotgan avtohalokatlarning aksariyat holati yo‘lning ta’mirtalabligi bilan bog‘liqligi hammamizga ma’lum.
Ana shunday ko‘ngilsizliklarni bartaraf etish hamda davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan, Muzrabot tumanida davlat ahamiyatidagi yo‘llarni ta’mirlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bu esa yo‘l harakati ishtirokchilari salomatligini asrashga, harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2023-yilning 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Muzrabot tumanidan kesib o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi 4K626 “Sherobod sh.—Boldir temiryo‘l stantsiyasi” avtomobil yo‘lining 8 kilometr qismini ta’mirlash bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...
KunTun
KunTun