Musobaqa maroqli o‘tdi

Date:

Ishsiz, vaqti bekor o‘tadigan yosh na oilasiga va na jamiyatga naf keltiradi. Ana shunday yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, hayotga bo‘lgan qarashlariga o‘zgartirish kiritish maqsadida yoshlar rahbarlar tomonidan otaliqqa olingan. O‘z navbatida, rahbarlar ham o‘zlariga biriktirilgan yoshlarning taqdiriga befarq qaramagan holda ular bilan qiziqishmoqda, hayot tarzi, qiziqishlarini o‘rganishmoqda. Bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida turli tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Otaliqqa olingan yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Muzrabot tuman Adliya bo‘limi, 4-sektor rahbari, milliy gvardiya hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Har o‘n nafar yoshdan sakkiz-to‘qqiz nafari futbolga qiziqishini hisobga olganda, musobaqa maroqli o‘tdi. O‘yin shiddatli tus oldi. Jamoalar o‘z darvozalarini munosib himoya qilish bilan birga, gol kiritish uchun astoydil harakat qildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun