Kosmetika va dori o‘zimizda ishlab chiqarilsa…

Date:

Qaysi yo‘nalishda, xoh tibbiyot, xoh kosmetika, qurilish sohasida bo‘lmasin, mahsulotlar o‘zimizda ishlab chiqarilsa, tannarxda aholi uchun qulaylik bo‘lishi aniq. Shu jihatdan, ishlab chiqarish loyihalarni kengaytirishga, kerak bo‘lsa, investitsiya kiritishga keng e’tibor qaratilmoqda. Xususan Boysun tumanida kosmetika va dori mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish materiallariga ixtisoslashtirilgan sanoat zonasi loyihalari amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifi Boysun tumanida bo‘lib, ushbu ixtisoslashtirilgan sanoat zonalari loyihalari bilan tanishdi.
Dastlab, “Generation pharma services” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan qo‘y junidan lanolin substansiyasi ajratib olish loyihasi bilan tanishildi. Qiymati 2,5 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyihaga 2,3 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilingan. Yiliga 1,2 ming tonna qo‘y junini qayta ishlab, 84 tonna lanolin ishlab chiqaruvchi korxonada 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, korxona tomonidan yana bir loyiha taqdimot qilindi. Loyihaning qiymati 3 mln dollar bo‘lib, uning barchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisoblanadi. Viloyat rahbari loyihani amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjudligi, xomashyo uchun dorivor o‘simliklar shu yerning o‘zida yetishtirilishi mahsulotning tannarxi arzon bo‘lishini ta’minlashini qayd etdi.
Shundan so‘ng, tumanning Inkabod mahallasida tashkil etilayotgan qurilish materiallariga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Loyihaing borishi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi. Umumiy maydoni 11 gektar bo‘lgan, 18 ta loyiha amalga oshiriluvchi sanoat zonasida 230 ta ish o‘rni yaratiladi. Viloyat rahbari ishlarni jadallashtirish, loyihalarni muddatida ishga tushirish vazifasini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun