Kelajakka katta odimlar bilan…

Date:

Ertangi kunga umid va ishonch bilan boqayotgan yoshlardan fikr so‘rasangiz, ularning o‘z aytar so‘zi bor. Har birlarining maqsadi qat’iy, yuragida esa shijoat uchqunining alangalanayotganini sezasiz, his etasiz. Bugun Uzun tuman 2-sonli kasb-hunar maktabini tamomlayotgan 228 nafar yigit-qiz ayni shunday kayfiyatda. Ularga diplom topshirish marosimi ham tantanali ravishda bayramona ruhda o‘tkazildi. Dastlab, tadbirning ochilish qismida O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi tinglandi.
Tantanali marosimga o‘quvchilarning ota-onalari va kasb-hunar maktabi xodimlari ishtirok etdi. Kasb-hunar maktabi bitiruvchisi – bu keng ilmga ega bo‘lgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan hamnafas, zamonaviy kasb-hunar ishlariga tayyor bo‘lgan mutaxassisdir. Mazkur maktabda o‘quvchilarga bilim berish borasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan. Bu yoshlar kelgusida jonajon vatanimizni yanada rivojlanishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishlariga shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...
KunTun
KunTun