OSIYO MINTAQASIDA G‘OLIB

Date:

Qozogʻistonning Olmaota shahridagi Gandbol boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar jamoalari oʻrtasida IHF Trophy turnirining 3-Osiyo mintaqasi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Besh kun davom etgan musobaqada Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston terma jamoalari gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib bordi.
Quvonarlisi, ikki yosh toifasida ham gandbolchilarimiz shohsupaning chempionlik pogʻonasiga koʻtarilishdi. Buning evaziga ikkala terma jamoamiz IHF Trophy turnirining qitʼaviy bosqichida qatnashish sharafiga muyassar boʻlishdi. Terma jamoamiz tarkibida Jarqo‘rg‘on tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari Ibrohim Qarshiyev (U-18 jamoasi), Ozodbek Safarov, Jaloliddin Eshonqulovlar (U-20 jamoasi) munosib ishtirok etib qaytishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun