Voha bo‘ylab sayohat

Date:

Ta’til maroqli o‘tishi uchun har bir kunni munosib rejalashtirish lozim. Ana shundagina vaqt besamar o‘tmagan, yodga oladigan xotiralar bo‘ladi. Angor tumani hokimi “Hokim va yoshlar uchrashuvi”da yoshlar bilan suhbatlashib, ularning muammo va murojaatlarini, takliflarini tinglagandi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan voha bo‘ylab sayohat tashkil qilish bo‘yicha taklif berilgandi. Ushbu taklif tuman hokimi Qosim Mardonov tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, bir guruh yoshlar voha bo‘ylab sayohatga otlanishdi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohida bo‘lib, dastlab buyuk bobomiz qabrini ziyorat qilishdi. Shundan so‘ng, majmua bilan yaqindan tanishib, tariximiz haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Qolaversa, Sulton Saodat, Qirqqiz yodgorliklarida bo‘lib, yoshlar qadim moziyni gavdalantirgan qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun