“Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” yaratiladi

Date:

YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio xonim va Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorlik bo‘limi rahbari Rahel Byosh xonim Termiz shahriga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida ular Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev bilan uchrashdi.
Yig‘ilishda 2022-2023-yillarda Termiz shahrining “Bolalar va yoshlarga do‘stona mahalliy boshqaruv” (BYDMB) tashabbusidagi ishtiroki yakunlari taqdim etildi va muhokama qilindi. Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan va YUNICEF tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu innovatsion tashabbus Farg‘ona, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yuksalish” harakati va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazildi va amalga oshirildi.
BYDMB tashabbusi mahalliy hokimiyat organlarining bolalar va yoshlar manfaatlarini izchil ta’minlovchi qarorlar qabul qilishini ta’minlashga qaratilgan. Hokimiyat vakillari, qizlar va o‘g‘il bolalar, yosh ayollar va erkaklar bolalar va yoshlar huquqlari hurmat qilinadigan sog‘lom, g‘amxo‘r, xavfsiz, o‘rganish imkoniyatlari bo‘lgan, rag‘batlantiradigan, kamsitishlardan holi va va inklyuziv muhitlarni yaratish uchun birgalikda harakat qildilar.


Termiz shahridagi tashabbus davomida Yoshlarning shaxsiy muammolarini hal etishdan ko‘ra, shaharlardagi barcha bolalar va yoshlarni qamrab oluvchi ijtimoiy muammolarni muhokama qilish maqsadida “Hokim va yoshlar” uchrashuvlarining muqobil formati qo‘llanildi. Shaharda o‘tkazilgan maslahatlashuvlarda 4000 nafardan ortiq yoshlar (1732 nafar o‘g‘il, 2309 nafar qiz va 42 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.
Yoshlar bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijalariga ko‘ra, shahar hokimligi tomonidan 2023-yilda ijtimoiy soha obyektlari belgilab olinib, ularni obodonlashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Masalan, bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini o‘tkazishi va o‘yinlar uchun sharoitlarni kengaytirish maqsadida “Yoshlar bog‘i” (sobiq Bobur bog‘i) tashkil etildi. Bog‘da attraksionlar yangilandi, dam olish sharoitlari yaxshilandi hamda kutubxona tashkil etildi. Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida yer osti o‘tish joyi rekonstruksiya qilindi, 29 ta qo‘shimcha svetofor va 43 ta yo‘l kamerasi o‘rnatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uloq-ko‘pkarida g‘oliblar aniq

"Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumani "Qo‘shtepa" mahallasi...

15-martdan 15-aprelgacha…

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha...

Polvonlar boʻsh kelmadi

"Navro‘z" umumxalq bayrami sayllari doirasida Sherobod tumanidagi "Sport arena"...

Bayramga bayramona tuhfalar

Navroʻz qalblarga ezgulik, quvonch ulashib keladi. Ayni ayyom arafasida...
KunTun
KunTun