Ko‘chalar ko‘rkamlashmoqda…

Date:

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlardan tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Qish mavsumida yog‘ingarchilik sabab ko‘chalarimizning cho‘kkan joylarida ancha vaqtgacha yomg‘ir suvi to‘planib, loy ko‘lmak bo‘lib ko‘nglimizni xira qilardi. Endilikda, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan muammolarni bartaraf etib, mahallada qilinayotgan keng ko‘lamli ishlar aholini quvontirayotir.
Jumladan, ichki yo‘llarga tosh to‘kish, asvaltlash hamda ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash ishlari ham olib borilmoqda. Shuningdek, Sho‘rchi tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman hokimi Ulug‘bek Zokirov hamda sektor rahbarlari hamrohligida obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla tamoyillari asosida qator ishlar amalga oshirilayotgan “Olatemir” mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashdi.
Mahallada istoqomat qiluvchi aholining turmush tarzi yaxshilanib, ko‘chalar obod va ko‘rkamlashmoqda.

Dinara

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun