Diabetning to‘liq davosi topildi

Date:

Tanida jiddiy kasallik aniqlangan bemorning xalovati yo‘qoladi. Bu o‘z-o‘zidan ruhiy tushkunlik, stressga sabab bo‘ladi. Ana shundan keyin tuzalish qiyinlashishi aniq. Insonlarning tani va ongini yemirayotgan kasalliklardan biri diabetdir. Xitoylik tadqiqotchilar ilk bor diabetning II turini davolashga muvaffaq bo‘lishganini aytmoqda. 59 yoshli erkakka 2021-yilda novatorlarcha hujayra transplantatsiyasi o‘tkazildi va u 2022-yildan beri dori-darmonsiz hayot kechirmoqda.
Erkak 25 yil davomida diabet bilan kasallangan va unda o‘limga olib keladigan asoratlar xavfi yuqori edi. U diabetik komaga tushib qolmasligi uchun har kuni bir necha marta insulin inyektsiyasi talab qilinardi. Unga yordam berish uchun olimlar uning oshqozon osti bezi ildiz hujayralarini modifikatsiya qilib, transplantatsiya qilishdi. Operatsiyadan keyin erkakning organizmi insulinni o‘zi ishlab chiqara boshladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun