130 ta maktabda…

Date:

Intiqlik bilan kutilgan ta’til ham boshlandi. Bolajonlar yozgi oromgohlarga yo‘l olib, mazmunli dam olishni allaqachon boshlab yuborishgan. Oromgohlarga borishga imkoni bo‘lmagan bolalar ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Ayni ular uchun Surxondaryodagi 130 ta maktabda yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yozgi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va tanlarini sog‘lomlashtirish maqsadida ushbu sog‘lomlashtirish maydonchalari jonlarga ora kirayotgani aniq. Jami 130 ta maktabda tashkil etilgan ushbu yozgi oromgohlarga jami 12 mingdan ortiq o‘quvchilar qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. Hozirdanoq maktablarning sport maydonlari o‘quvchi-yoshlar bilan gavjum bo‘lib, tizimli ravishda musobaqalar tashkil etilayotir.
Mazkur kunduzgi oromgohlarda bolalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, oromgohlar faoliyati 3-iyundan 13-iyunga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun