Tasviriy san’at va shaxmatda bahslashib…

Date:

Har yili 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Bolajonlar uchun sayr-u sayohat, sovg‘a-salomlar hozirlanadi. Bu yil ham shunday bo‘ldi. Sana munosabati bilan nogironligi bor o‘g‘il-qizlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ular o‘rtasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib, ularning qalbiga bir olam quvonch ulashildi.
Boysun tumanidagi 13-maktabda tashkil etilgan “Maftunkor ranglar jilosi” rasmlar tanlovida rassomchilikda iqtidori baland yoshlar surat chizib, bor mahoratlarini ishga solishdi. Shaxmat musobaqasida esa shaxmat sport turidan xabardor yoshlar bor imkoniyatlarini ishga soldilar. Nogironligi bor 7 yoshdan o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan iqtidorli o‘g‘il-qizlarning iste’dodini sinovdan o‘tgan tanlov barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun