Ijtimoiy sohadagi ishlar o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimining hafta davomida hali u, hali bu tumanda bo‘lishi, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda mas’ullarning mas’uliyatini oshirsa, aholi uchun munosib shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi. Shu hafta ham xuddi shunday bo‘ldi. Shu maqsadda viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimov Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.
Dastlab, Termiz tumani hududida tashkil etilgan, ming o‘rinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Hudud atrofida infratuzilmani yaxshilash hamda kommunal tarmoqlarning uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari tashrifini Jarqo‘rg‘on tumanida davom ettirdi. Sportning ommaviyligini ta’minlash, yoshlarni sportga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman Sport maktabida bo‘ldi. Yosh sportchilar bilan suhbat qilinib, murabbiylarga sport bilan shug‘ullanuvchilarni ko‘paytirish, seleksiya ishlarini jadallashtirib, chempionlarni yetishtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mas’ullarga sport maktabidagi sharoitlarni yaxshilash, xususan, futbol maydonini tekislab, zamon talablariga javob beradigan holatga keltirish topshirildi.
Keyingi manzilda “Mehnat rohat” mahallasida 200 dan ortiq yoshni dzyudo sport turi bilan shug‘ullantirib kelayotgan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining viloyat bo‘limiga qarashli dzyudo seksiyasi faoliyati bilan tanishildi. Xususiy to‘garak bo‘lgan sport seksiyasida yosh sportchilarni tayyorlash, chempionlarni yetishtirish borasida yaxshi ishlar amalga oshirilayotganligi qayd etildi.
Shuningdek, ushbu mahallada sahovatpesha tadbirkor o‘z mablag‘lari evaziga qurgan mahalla idorasi, tikuvchilik sexi va boshqa maishiy xizmat nuqtalarini o‘z ichiga olgan guzar foydalanishga topshirildi. Viloyat rahbari tadbirkorga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shundan so‘ng, tumanning Qoraqursoq mahallasi bo‘ylab, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Infratuzilmani rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va chiqindilarni olib chiqish, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ishlarini qisqa muddatda boshlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Tashrif yakunida Qorayontoq mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi. Mas’ullarga qurilish normalariga qat’iy rioya etgan holda ishlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun