“Hududgazta`minot”: avtomatlashtirilgan nazorat tizimi olib borilmoqda

Date:

Bugungi kunda har bir suyultirilgan gaz iste’molchisi uchun o‘z maishiy gaz ballonini qachon va qay tartibda to‘ldirilishi haqidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda “Ye-Gaz” dasturidagi shaxsiy kabineti orqali nazorat qilib borish imkoni yaratildi. Sizning xonadoningizdan olib ketilgan bo‘sh ballon qachon va qayerdan suyultirilgan gaz bilan olib ketilishini endilikda siz ham biz ham nazorat qilib boramiz.
ID kartalar faqat maishiy gaz ballonidan foydalanish uchun belgilangan bo‘lib, unda barcha ma’lumotlar ko‘rinib turadi. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizim to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng, belgilangan mablag‘ iste’molchining ID kartasidan yechib olinadi. Buni qulayligi shundaki, har bir ID kartadan egasidan boshqa shaxsning foydalanish imkoni mavjud emas.
Tizim uch yildan buyon ishlab kelmoqda. Haydovchi ekspeditor va ta’minotchi xodimlar tomonidan gaz ballon uchun iste’molchidan naqd yoki ortiqcha pul olinishiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Eng asosiysi, sun’iy narx oshirilib sotilishi oldi olinib, iste’molchi hamda gaz ta’minoti tashkiloti o‘rtasidagi hisob-kitob shaffofligi to‘liq ta’minlanishiga erishiladi.
Kundalik turmushimizda zangori olovga bo‘lgan ehtiyoj katta. Ayniqsa, suyultirilgan gaz uy bekalarining asosiy yordamchisi, desak,mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, Surxondaryo viloyatida jami 475 mingdan ortiq suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ulardagi maishiy gaz ballonlarning soni 576 813 taga teng. Hozirgi kunga kelib, maishiy gaz ballonlarining barchasi maxsus bar-kodli yorliqlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun