Loyiha davom etadi…

Date:

Denovlik Muhammadjon Do‘stqobilov qaysi ishning boshidan tutsam ekan demay, oilasi bilan dehqonchilik qilib, mehnati bilan rizq-ro‘z topishni afzal bildi. Shukrki, kam bo‘lishmadi. Ob-havoning injiqliklari esa ba’zida hosilning rejadagidek bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan keladigan daromadga ta’sir qiladi va moddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi tayin.
Bu yilgi ob-havoning keskin o‘zgarishi Muhammadjon Do‘stqobilov ekkan poliz ekinlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, oqibatda hosilning nobud bo‘lishiga olib keldi. Shunday qilib, Muhammadjon mahallasiga borib, murojaat qilganida, yoshlar yetakchisi issiqxona uchun 33 million so‘m kredit olishida ko‘maklashdi.
Natijada, qisqa muddatda Muhammadjon issiqxona tashkil etib, gul ko‘chatlari, turli mevali ko‘chatlar, limon hamda poliz ekinlari yetishtirib daromad topishni boshladi. Shu ma’noda yoshlarga imkoniyatlar eshigini ochgan “Yoshlar daftari” loyihasi davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun