Hamshiralar skuterlik bo‘ldi

Date:

Xonadonimizda yosh bola, yoshi keksa nuroniylarimiz bor. Shunday ekan, issiq jonning issig‘i chiqib, tibbiy xizmatga tez-tez ehtiyoj sezamiz. O‘z navbatida o‘zimiz yashaydigan hududdagi oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarining patronaj hamshiralari jonimizga ora kiradi. Ularning raqamlarini teramiz-da, yordam so‘raymiz.
Shunday paytda masofa masalasi muammo bo‘ladi. Tez yordam chaqirsangiz-ku, zumda kelar, ammo hamshiraning mahallalarda uyma-uy yurishi biroz vaqt olishi ham bor gap. Ana shunday sharoitda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash hamda vaqt masalasiga munosib yechim toppish maqsadida patronaj hamshiralari zarur texnika va jihozlar bilan ta’minlanayotir. Uzun tumanidagi 72-sonli oilaviy poliklinikada aholiga patronaj xizmati ko‘rsatish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida elektroskuter va planshetlar hamda poliklinika uchun tibbiy asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilk pasportlar tantanali topshirildi

Termiz tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan...

Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi

Sariosiyo tumanidagi “Farhod”  Muruvvat  nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun...

Qiymati 7 milliard so‘m

Qumqo‘rg‘on tumani, "Azlarsoy" mahallasida “Abdurahim” MCHJ tomonidan asfaltbeton ishlab...

Ayol — hayot chirogʻi

Termiz shahridagi “Olmos” tantanalar saroyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar...
KunTun
KunTun