Surxondaryoda Arundo parvarishlanadi

Date:

Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi uchun qulay hudud, havosi, tuproq unumdorligi, sersuvligi jihatidan xorijlik investorlarda ham katta qiziqish uyg‘otib kelayotgani sir emas. Xolbuki, hali foydalanilmay yotgan, o‘zlashtirilmagan yer maydonlarini o‘zlashtirish, ulardan unumli foydalanish mo‘may daromad keltirishi aniq. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriyaning “Agrometal” kompaniyasi O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Oleg Volovikni qabul qilish davomida ayni tizimda foydali kelishuvlarga erishdi.
Uchrashuvda Vengriya kompaniyasi vakili janubdagi vohaning foydalanilmayotgan maydonlarida Arundo (tez o‘suvchi qamish) o‘simligini yetishtirib, undan yoqilg‘i, chorva mollariga ozuqa hamda cho‘llanishlarning oldini olish maqsadida foydalanish taklifini ilgari surdi. Xorij kompaniyasining echki junini qayta ishlash orqali granula tayyorlash, qishloq xo‘jaligi uchun sho‘rlangan suvlarni tozalab foydalanish, suvsizlikka chidamli cho‘l o‘simliklarini ekib, yashil maskanlar barpo etish loyihalari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ayni paytda “Pomir agro klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati Muzrabot tumanida Vengriyaning “Agrometal” kompaniyasi hamkorligida sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan zamonaviy loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli ishlarni olib bormoqda. Muloqot chog‘ida yangi korxonani barpo etish masalasi ham atroflicha muhokama etildi.
Uchrashuv davomida hamkorlikda ishlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun