Hamkorlik aloqalari yangi bosqichda

Date:

Yurtimizda rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik aloqalari tizimli tarzda yo‘lga qo‘yilmoqdaki, bu tizimlar, sohalarda tub burilishlar qilib, yangi bosqichlarni boshlab bermoqda. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy milliy kimyoviy muhandislik va qurilish korporatsiyasi Seven Ltd vitse-prezidenti Xuan Syanchjunni qabul qildi.
Uchrashuvda kompaniya bilan kelgusida hamkorlik yo‘nalishlariga mos, hozirda ishga solinmagan vohamizning imkoniyatlari, istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida mehmonlar kompaniya faoliyati haqida axborot berishdi.
Shuningdek, viloyatimiz delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida mazkur kompaniya bilan imzolangan shartnomani, xususan, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish loyihasini amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, kelgusida boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Talaba — yugur”

Yoshlar sporti — bu faqat tezlik yoki kuch sinovi...

Savob

Bahorda yo‘l chetida tarvuz sotuvchi otaxon paydo bo‘ldi. — Ota,...

Talabalar ligasida keskin bahslar

Yoshlar sporti — bu nafaqat jismoniy chiniqish, balki iroda,...

Sudga oid ma’lumotlar endi bir necha bosishda

Zamonaviy texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha jabhalariga kirib kelar ekan,...
KunTun
KunTun