Ijodkor yoshlar bellashdi

Date:

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni ixtiyor etgan yosh borki, albatta, kitob ularning eng yaqin sirdoshiga aylangan bo‘ladi. Buni ular bilan suhbat chog‘ida, teran fikrlashidan, nutqini erkin va ravon, ayniqsa, badiiy bezak berib so‘zlashlaridan ham bilib olish mumkin. Ana shunday iqtidorlarni saralash, kashf etish maqsadida Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida Kitobxonlik festivali doirasida “Ijodkor bolalar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Tanlov davomida ijodkor bolalarning bilim va mahorati, mustaqil fikrlash qobiliyati kabi jihatlarga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar har bir shartda faollik ko‘rsatdi. Sherobod tumanidagi 32-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sakiya Jumayeva 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. G‘oliblar “Kitobxonlik festivali”da taqdirlanadilar

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun