Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Date:

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Ushbu nufuzli festivalga tashrif buyuradigan mehmonlarda katta taassurotlar qoldirish maqsadida festivalga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

O‘z navbatida har bir ishtirokchining yo‘li Boysun kengliklari tomon ulanar ekan, birinchi navbatda tumanga olib boruvchi yo‘llarda katta obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Sariosiyo tumani M 41 avtomobil yo‘l bo‘ylarida, tuman markaziy shoh ko‘chasi hamda aholi gavjum maskanlarda “Boysun bahori” shukuhini bildiruvchi targ‘ibot vositalari joylashtirilmoqda.


E’tirof etish kerakki, festivalda jahonning ko‘plab davlatlari vakillari milliy va dunyo folklor-etnografik san’ati bilan yaqindan tanishish, qadimiy va hamisha navqiron Surxon vohasining maftunkor tabiati, olis o‘tmishdan so‘zlaydigan arxeologik yodgorliklari, noyob tarixiy obidalarini tomosha qilish istagini bildirmoqda. Shunga muvofiq nafaqat festival o‘tadigan Boysun tumani, balki Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida mehmonlarni yuksak saviyada qarshi olib, ularga sifatli xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratish belgilab olingan.


Qolaversa, festival o‘tkaziladigan turizm kompleksida tumanlarga ajratilgan qo‘rg‘onlarda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ayni ishlar qanday ketayotganiga qiziqqan Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Iminov Odiljon, Oliy Majlis Senati a’zosi Senator Baxtigul Bo‘tayevalar “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladigan turizm kompleksida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va ododonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...

Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida...

Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan...

Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu...
KunTun
KunTun