Parasport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Date:

Jismoniy imkoniyatning cheklanganligi insonni jamiyatdan uzib qo‘ymasligi kerak. Albatta, bunda atrofdagilarning munosabati ham muhim ahamiyatga ega. Nogironligi bor yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli tadbirlar uyushtirib kelinmoqda. Angor tumanida joylashgan sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida parasport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada iqtidorlilar saralandi. Yoshlar ishlari agentligi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar para yengil atletikada hech kimdan qolishmasligini isbotlashgan bo‘lishsa, para shaxmat, para shashkada aqliy salohiyatlarini namoyon etdilar. Parastol tennisida esa bir olam zavq va shavq ila o‘z hisoblariga ochkolar yig‘ishdi. Asosiysi, har bir ishtirokchining vaqti chog‘ o‘tdi. Yakunda gʻoliblarga sovg‘alar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun