O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari Surxondaryoda boshlandi

Date:

O‘zbekiston va Hindiston Mudofaa vazirliklari bo‘linmalari o‘rtasida “Termiz” harbiy poligonida “Do‘stlik” qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlarining beshinchi davrasi boshlandi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi beshinchi harbiy mashg‘ulot bo‘lib, 2019-yildan buyon shu paytgacha har ikki davlatda ikki martadan o‘tkazilgan.
Avvalgilaridan farqli ravishda navbatdagi qo‘shma tadbirda tomonlarning 60 nafardan harbiy xizmatchisi ishtirok etdi. Shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlar vakillariga harbiy havo kuchlari mutaxassislari ham qo‘shilgan.
Mashg‘ulotlarda harbiy bo‘linmalar o‘rtasida terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda muvofiqlashtirilgan harakatlar va jipslikni oshirishga asosiy e’tibor qaratildi. Hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Hindiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun