Ekologik bilimlari oshirildi

Date:

Tabiatni asrash uchun har kim har qanday yo‘lni tutishi mumkin. Kimdir suvni isrof qilmasligi, kimdir chiqindi yoki qurib qovjirab qolgan cho‘p-u xaslarni yoqish uchun gugurt chaqish fikridan qaytishi mumkin. Yana kimlardir atrofga chiqindi tashlashdan o‘zini tiyishi ham tabiat, ekologiya, atrof-muhit uchun foyda. Bunday harakatlar har birimizning odat tusimizga aylanishi lozim. Surxon davlat qoriqxonasida “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Eko zakovat” musobaqasi orqali ishtirokchilar ham tabiatni asrash yo‘lidagi muhim bilimlardan voqif bo‘lishdi.
Tadbir Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi va “Surxon” davlat qoriqxonasi xodimlari tashabbusi bilan tashkil etildi hamda Termiz muhandislik-texnologiyalari instituti talaba-yoshlarining bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Samimiy ruhda o‘tgan musobaqa bahonasida “Surxon” davlat qo‘riqxonasi Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Mamatqulov so‘zga chiqib, bugungi kunda aynan yovvoyi tabiatni asrab qolish, uni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi va “Surxon” davlat qo‘riqxonasi tabiatining boyligi, hayvonot va o‘simliklar dunyosi vakillari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Talaba yoshlar sana munosabati hamda ekologiya sohasiga oid savollariga soha mutaxassislaridan javob olishdi. Shundan so‘ng, “Eko zakovat” musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib jamoalar aniqlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun