Hamkorlik samara beradi… mi?

Date:

Aslida o‘quvchining darslarni qoldirmay, o‘qib-o‘rganishi o‘zi uchun foyda. Ammo, negadir davomat masalasida o‘quvchilarning sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani kuzatilmoqda. Holbuki, davomat masalasida maktablar Milliy gvardiya hamkorligida nazorat o‘rnatilgan bo‘lsa-da, o‘quvchilar, ularning ota-onalari qo‘llaniladigan qat’iy choralardan-da hayiqishmayotganga o‘xshaydi.
Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari, Milliy gvardiya, mahalla “yettiligi”, maktab vakillari va boshqa mas’ullardan iborat ishchi guruhi a’zolari Denov tumanidagi umumta’lim maktablarida tahsil oladigan davomati past o‘quvchilarning xonadonlarida bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib borishdi.
Bunda o‘quvchilarning dars qoldirish sabablari aniqlanib, oilaviy holati bilan tanishildi. Ota-onalarga o‘g‘il-qizlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish lozimligi va sababsiz dars qoldirish javobgarlikka sabab bo‘lishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.

Oldingi sahifaNMTT ish boshladi
Keyingi sahifaMalakasi oshirilmoqda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun