Maktab direktoridan ajoyib loyiha

Date:

Ta’lim-tarbiyada rag‘batning o‘rni nihoyatda katta. Rag‘bat yoshlarga motivatsiya beradi. O‘z ustida ishlashga, yanada yaxshiroq o‘qib o‘rganishga, oldinga intilishga kuch beradi. Har bir pedagog, maktab jamoasi ayni shu oddiy haqiqatni bilishi kerak. Ana shundagina to‘g‘ri yo‘lda bo‘ladi.
Shu maqsadda Sariosiyo tumanidagi 36-umumta’lim maktab direktori yaxshi bir tashabbus bilan chiqdi. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida maktabning barcha sinf o‘quvchilari o‘rtasida muntazam fan olimpiadalari o‘tkazishni an’anaga aylantirdi.
Quvonarlisi, olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar uchun maxsus stipendiyalar joriy etdi. 1-o‘rin sohiblariga 200 ming so‘m, 2-o‘ringa 150 ming, 3-o‘rin egalariga esa 100 ming so‘m miqdorida stipendiyalar ajratdi. Bunday rag‘batdan ruhlangan yoshlar barcha fanlarni katta qiziqish bilan o‘zlashtirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun