Huquqiy sohaga qiziqish uyg‘otdi

Date:

Har bir yosh bolaligidanoq u yoki bu kasbga qiziqadi. Kimdir shifokor, kimdir harbiy bo‘lishni orzulasa, san’atkor, jurnalist bo‘lish ishtiyoqida mikrafon ko‘tarib yuradiganlar qancha. Huquqiy sohada ishlashni, ya’ni advokat, sudya yoki prokuror bo‘lishni istovchilar ham ko‘plab topiladi. Ayni qiziqish sabab, shu yo‘nalishdagi fanlarni ishtiyoq bilan o‘qish boshlanadi. Bora-bora bu orzu maqsadga aylanib, kelajak taqdirimizni hal etadi.
Ana shunday maqsadlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida viloyatimizda yuridik texnikumi faoliyat yuritmoqda.

U yerda yoshlar nafaqat huquiy bilim olishadi balki o‘qib o‘rganganlarini amaliyotda ham qo‘llab kelishayotgani sohaga qiziquvchilar safini kengaytirmoqda. Texnikumda o‘qishning afzalliklari va imtiyozlari ham mavjud bo‘lib, a’lo baholarda o‘qigan o‘quvchi oliygohga imtiyozli ravishda, suhbat asosida qabul qilinishi ham kishini quvontiradi. Qolaversa, texnikum bitiruvchilari tashkilot va idoralarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish faoliyatini ham olib borishi mumkin.
Albatta, bu kabi imkoniyatlardan hamma ham xabardor emas. Xabardor bo‘lish esa yoshlarni sohaga qiziqtirishi aniq. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi raisi G‘.Xidirov Termiz shahridagi Yuridik texnikum talabalari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Uchrashuv jonli muloqot tarzida tashkil etildi.


Sud raisi yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi. Ish faoliyati bilan bog‘liq hayotiy voqealarni so‘zlash davomida huquqiy sohada ishlash zahmatini, mas’uliyatini tushuntirdi. Shu bilan birga sharafli soha ekanini iftixor bilan so‘zladi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Ushbu uchrashuv yosh huquqshunoslar qalbida uzoq muddat saqlanibgina qolmay, ularning huquqiy madaniyatini oshirishga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilishga qiziqish uyg‘otishga xizmat qilishiga shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eronlik ustozdan mahorat darslari

Termiz davlat universitetida xalqaro hamkorlik doirasida Eron Respublikasining Sheyda...

Shoxista yuksak cho‘qqida!

Ar-Riyod shahrida o‘tayotgan 6-Islom Birdamlik o‘yinlarida ilk bor Kurash...

Yapon mutaxassisidan master-klass

Jarqo‘rg‘on tumanida yaponlik mutaxassis Junna Kikuchi ishtirokida yosh sportchilar...

Tez tibbiy yordam — xizmat yanada faollashadi

Qumqo‘rg‘on tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholining taklifi bilan...
KunTun
KunTun