Teatr — ibratxonadir

Date:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning oʻquvchilar teatr jamoalari oʻrtasida “Teatr — ibratxonadir” shiori ostidagi teatr festivali davom etmoqda. Ushbu festivalda Termiz shahridagi Prezident maktabining oʻquvchilaridan tashkil topgan teatr jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Aytish kerakki, bugunning yoshlari bilimli, salohiyatli bo‘lish bilan birga san’atga oshno, nozik did va nafosat egalaridirlar. Ular tomonidan sahnalashtirilgan sahna tomoshalari, yosh aktyorlar jamoasining o‘z rollarini qoyilmaqom ijro etishlari tomoshabinlarning e’tibori-yu e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Yosh ijodkorlar ana shunday ruhda davom etishar ekan, kelgusida o‘z ishining ustalari bo‘lmish aktyorlar, rejissyorlar yetishib chiqib, teatrimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shishiga shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun