Og‘riqli muammo hal bo‘ldi

Date:

Yoshlar sifatli ta’lim olishi uchun hech bir muammoga duch kelmasligi kerak. Buning uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilib kelinayotganini ko‘rib, kuzatib turibmiz. Ayniqsa, yurtboshimizning ta’lim tizimiga oid topshiriqlarini bajarish borasida viloyat hokimi U.Qosimovning hissasi salmoqli bo‘lib, viloyatimizda yangidan-yangi bilim maskanlari qad rostlamoqda.
Oltinsoy tumanida ham mana shunday xayrli ish boshlandi. Sababi tumandagi «To‘xtamish» mahallasida yashovchi aholining, ayniqsa, o‘quvchilarning og‘riqli muammosi hal bo‘ladigan bo‘ldi. Viloyat hokimining tashabbusi bilan Davlat dasturidan tashqari 42-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 80 o‘ringa mo‘ljallangan bolajonlar uchun qo‘shimcha yangi filiali quriladi.
Ezgu ishlar boshlanishi oldidan jonliq so‘yilib, ehson qilindi. Ushbu yangi bilim maskanini “Uzun meʼmor qurilish” MCHJ rahbari A.Abdurasulov rahbarlik qilayotgan quruvchilar amalga oshiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun