Muammo bartaraf qilindi

Date:

Aholi gavjum joylarda e’lon va reklamalar joylanishi mahsulot yoki xizmat turiga talabning ortishi, xaridorgirligi oshishiga xizmat qiladi. Shu sababdan ham targ‘ibotning eng yaxshi usuli sifatida ko‘cha-ko‘yda e’lonlar yopishtirishni afzal bilamiz. Ammo, bu e’lonlar jamoat joylarida turli ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarsachi?
Qanday deyishingizdan oldin aytishimiz joizki, Qumqo‘rg‘on tumani markazidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘li yoqasida tadbirkorlar tomonidan tashqi reklama vositalari noqonuniy tarzda, o‘zbilarmonlik bilan o‘rnatilganki, bu holat yo‘l belgilarini to‘sib qo‘ygan. Endi tasavvur qiling, hech qanday yo‘l belgilarini ko‘rmagan transport vositasi haydovchisi turgan gapki, tartibbuzarga aylanadi. Natijada qoidabuzarlik yoki yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishi ham hech gap emas.
Mana shunday holatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qaroriga asosan Qumqo‘rg‘on tumani markazidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida noqonuniy joylashtirilgan reklama afishalari tuman ishchi guruhi mas’ullari tomonidan bartaraf qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun