Gazchilar 24 soatlik ish rejimida…

Date:

Har birimiz iste’molchi sifatida suv, elektr energiyasi va gaz ta’minotidan foydalanamiz. Shu sababdan ham chirog‘imiz yoniq, uyimiz issiq, ovqatimiz o‘z vaqtida tayyor. Ammo, ulardan birida uzilish bo‘lsa bormi, shu soniyaning o‘zidayoq xotirjamligimiz yo‘qoladi. Ayniqsa, xonadonida keksasi, betobi yoki yosh bolasi bor fuqarolarning xonadonida bo‘ladigan uzilishlar, turli muammolar yuzaga chiqsa, o‘z vaqtida bartaraf etish uchun gazchilar 24 soatlik ish rejimiz har qanday muammoni hal etish maqsadida xizmatda.
Termiz shahrining “Manguzar” mahallasida yashovchi Nigina Rustamova xonadonida ham shunday bo‘ldi. Fuqaroning “aqlli” hisoblagich qarzdorligi sabab o‘chib qolgan. Uni qayta yoqish qiyinchilik tug‘dirgani sabab fuqaroning murojaatiga asosan bir zumda shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlarining ko‘magi bilan hisoblagich qayta yoqib berildi.
Bu hali hammasi emas, sovuq havo haroratida yuzaga kelayotgan avariya holatlari ham xodimlar tomonidan joyida bartaraf etilayotgani ko‘plab ko‘ngilsizliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Avariya holati zudlik bilan bartaraf etilib, gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatining oldi olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar aniq, ijrosi muhim

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida...

Maktablar qishga tayyor

Termiz shahar hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi...

“Maromiylik” — isrofning oldini oladi

Yurtimizda to‘y va marosimlarni tartibga solish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish...

Kelishuv manfaatli boʻldi

Surxondaryoda bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasining Fors viloyati hokimi...
KunTun
KunTun