“Bir hudud – bir mahsulot”

Date:

Agarda bir hududda bir mahsulot yetishtirib, aholiga yetkazib hamda chetga eksport qilinsa, ichki bozor barqarorligini ta’minlansa, xalqimiz uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamyonbop narxda bo‘lardi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini hajmini oshirib, ichki va tashqi bozorlarga tizimli yetkazib, serdaromad foyda ko‘rish bilan bir qatorda xalqimiz ehtiyoji uchun ham, dehqonlarimiz uchun ham samarali bo‘ladi, desak mubologa bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ 20-sonli va 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qarorlariga muvofiq Angor tumanining Bahor mahallasida “Bir hudud – bir mahsulot” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farhodjon Ismoilov, tuman sektor rahbarlari, viloyat, tuman tashkilotlarining mas’ullari ishtirok etdi.
Seminarda ajratilgan dehqon xo‘jaligi yer maydonlaridan serdaromad va eksportbop qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va kafolatli xarid qilish, ichki va tashqi bozorlarga tizimli yetkazib berish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni ommalashtirish xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, seminarda ishtirokchilar tomonidan mahalla hududida ekilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yetishtirilishi hamda eksport qilish jarayonlari o‘rganildi.

Dinara

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...

114 ta murojaat joyida hal

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ommaviy...

Polvonlarimiz boʻsh kelmadi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari...

Angorda yangi savdo do‘konlari ish boshladi

Angor tumanining Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida joylashgan «Angor karvonsaroy» savdo...
KunTun
KunTun