Brayl alifbosida

Date:

Qur’oni Karim mo‘min musulmonlarning muqaddas kitobi. Uni har birimiz o‘z xonadonimizda saqlagan holda mutolaaga kirishamiz. Hech bo‘lmaganda mag‘zini chaqib, hayotimizga dastur qilishga urinamiz. Ushbu muqaddas kitob e’tiqodni mustahkamlab, gunohdan tiyilish, savob ishlarga bosh bo‘lishga undaydi. To‘g‘ri, hamma ham bu hayotda bir xil imkoniyatga ega emas. Bu esa ba’zi to‘siqlarni yuzaga keltiradi.
Hamma ham kitob o‘qiy olmasligi, audio variantga murojaat qilishga majbur etar, ammo mutolaaning zavqi, aytilayotgan fikrlarning mag‘zini chaqish uchun eng maqbul variant sifatida qabul qilishadi. Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga 50 dona brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qur’oni Karim kitobini taqdim etgani esa ana shundan murakkablik va to‘siqlarni bartaraf etdi.
Texnik-hamkorlik va grantlar asosida qabul qilingan ushbu muborak kitoblar O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatiga taqdim etilishi nazarda tutilgan. Mazkur beg‘araz yordam shaklida berilgan kitoblar 15 ming AQSH dollariga teng. Brayl alifbosidagi ushbu muqaddas Qur’on kitoblari tez kunlarda O‘zbekistonga yetkaziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun