“BAXSHTEPA-1” OBOD MANZILGA AYLANMOQDA

Date:

Bugun Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida bo‘lib, qay mahallasini kezmang, tub o‘zgarishlarga, ulkan obodonlik ishlariga guvoh bo‘lasiz. Ha, kechagi mahallalar bilan bugungisining farqi katta. Yurtimizda har bir mahalla u shahar markazi yoki chekka qishloq va ovullarda bo‘lmasin, e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi, bu ishlar davom etayotir. Bu yo‘lda “Obod mahalla”, “Obod qishloq” davlat dasturlari dasturil amal bo‘lib xizmat qilayotir.
Sho‘rchi tumanidagi “Baxshtepa-1” mahallasi hududida ham obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Mahallada istoqomat qiluvchi aholining turmush tarzi yaxshilanib, ko‘chalar obod va ko‘rkam qiyofa kasb etgan. Kechagidek chang va loy ko‘chalar endi ro‘yo. Mahalladagi ichki yo‘llarga tosh to‘kilib, piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda. Shu bilan bir qatorda mahalla hududidagi qabristonda obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
Mahallada bo‘layotgan bunday bunyodkorlik ishlarini ko‘rgan, kuzatgan mahalla ahli borki, tomoshabin emas, balki yengni shimarib, xizmatga kirishib ketgan. Bo‘layotgan ishlarga daxldorlik hissi ila o‘zlarining munosib hissasini qo‘shayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun