XORIJDAN MALAKALI MUTAXASSISLAR JALB QILINADI

Date:

Bugun ta’lim tizimiga har qachongidan-da e’tibor kuchaygan. Bu esa maktablarga mas’uliyat kuchini bir necha barobar oshiradi degani. Tajribali va salohiyatli pedagog-kadrlarga ehtiyoj kuchayishi, majburiy fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi oshirilishi bilan birga o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish mezonlari ham ishlab chiqilgan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan muhtahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida o‘quvchilarning tanlovidan kelib chiqib, “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunar” yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi (tayanch o‘quv reja asosida o‘qitish bilan bir qatorda).
Qolaversa, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning yangi tartiblari ishlab chiqilganki, 5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi. 10–11-sinflarda esa xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi. “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.
2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi. Joriy o‘quv yili yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Baxtli bolalik sari

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha...

14 jamoa — bir maqsad sari

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Semurg‘” bolalar oromgohida “Yashil chiroq–2026”...

35 bolajon uchun unutilmas bayram

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

264 nafar vatandosh O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Mustaqillik bayrami arafasida imzolangan Prezident farmoni bilan 264 nafar...
KunTun
KunTun