Sinov samara berdi

Date:

OIV so‘zining o‘ziyoq quloqqa dahshatli ishlatiladi. Endi u kasallikka chalingan odamning ahvolini bir tasavvur etaylik. Kasallik yetmagandek, uning stressi, ruhiy tushkunlik ham bor. Bularning barini qabul qilish uchun matonat, sabr va bardosh kerak. Ayniqsa, bu dardning davosi yo‘qligi esa eng yomon zarba bo‘lib xizmat qiladi. Olimlar DNK-vaksinatsiyasi CD8+T-hujayralari tomonidan boshqariladigan OIVga qarshi mustahkam, uzoq muddatli immunitetni yuzaga keltirishi mumkinligini aniqlashdi.
Biologlar immun hujayralarini farqlashda muhim rol o‘ynaydigan PD-1 oqsili bilan mustahkamlangan DNK-vaksinalarini ishlab chiqishdi. Sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar bu usul antigenni (virusning bir qismi) dendrit hujayralarga yanada samarali yetkazib berishga imkon berishini, bu esa immun javobini boshlash uchun uni T-hujayra retseptorlariga taqdim etishini ko‘rsatdi.
Olimlar OIV-1 virusi mavjud odamlarda mazkur virusga qarshi kurashish uchun vaksinani o‘zini yoki boshqa biomedikal aralashmalar bilan birga qo‘llash mumkinligiga umid qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun